Sport

“Paxtakor” va Neymar to‘p tepayotgan jamoa Osiyoda mutlaq rekordchi

Qitʼada klublar o‘rtasidagi chempionlar ligasi start olmoqda.

“Paxtakor” va Neymar to‘p tepayotgan jamoa Osiyoda mutlaq rekordchi

 

Ertaga “Bunyodkor” stadionida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi bu yilgi birinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan bugun “Bunyodkor” stadionidagi anjumanlar zalida “Sherlar” va ularning raqiblari Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlab “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix va Sardor Sobirxo‘jayev o‘yinoldi tayyorgarligi borasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

 

Murabbiy ertangi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani va jamoa yaxshi natija uchun maydonga tushishini taʼkidladi. U, shuningdek, muxlislardan kuchli qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

 

Jamoa yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev ham ertaga muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish etmoqchi ekanliklarini aytib o‘tdi.

 

O‘z navbatida, “Al-Ayn” jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda, klub bosh murabbiyi Alfred Shreder “Paxtakor”ga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rilgani haqida maʼlumot berdi.

 

— “Paxtakor” kuchli jamoa. Toshkentliklar o‘zining boy tarixiga, OCHLda ishtirok etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Lekin biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz va ertaga ijobiy natija qayd etib, uyga ko‘tarinki ruhda ketmoqchimiz. Jamoamizda yo‘qotishlar yo‘q, barcha futbolchilar ertangi o‘yinga tayyor, — dedi klub bosh murabbiyi.

 

“Paxtakor” ertaga Chempionlar Ligasida 115-o‘yinini o‘tkazadi. Jamoa hozirga qadar Osiyo Chempionlar ligasida 114 bellashuv o‘tkazib, 50 g‘alaba, 23 durang va 41 mag‘lubiyat qayd etgan. Raqib darvozasiga 159 to‘p kiritib, darvozasidan 152 gol o‘tkazib yuborgan va 173 ochko to‘plagan. Ilk o‘yin bundan deyarli 21 yil avval Toshkentda Iordaniyaning «Al Vihdat» jamoasiga qarshi o‘tkazilib, unda jamoamiz 3:0 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, chempionlar musobaqasi sanalgan Osiyo Chempionlari Kubogida ikki o‘yin o‘tkazilgan. Osiyo klublar musobaqalarida esa jamoamiz jami 130 bellashuvda maydonga tushib, 57 g‘alaba, 25 durang hamda 48 mag‘lubiyatga ega. Raqiblar darvozasi 202 marta ishg‘ol qilinib, 186 gol o‘tkazilgan. Chempionlar Ligasida umumiy ishtirok borasida “Paxtakor” Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi bilan birgalikda rekordchi sanaladi. Ikkala jamoa 17 martadan turnirda ishtirok etgan. Guruh o‘yinlari va pley-off bosqichi natijalarini hisoblaganda “Paxtakor” OCHLning umumiy jadvalida 6-pog‘onani egallab turibdi.

 

Eslatib o‘tamiz, ertangi o‘yin soat 19:00 da start oladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Paxtakor” va Neymar to‘p tepayotgan jamoa Osiyoda mutlaq rekordchi | Zamon.uz