"Liverpul"dan kutilmagan yurish
Klub "Real"dan Rodrigoni sotib olmoqchi.

"Liverpul" "Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri Rodrigo Goesga qiziqish bildirmoqda.
"Fichajes" nashri xabariga ko'ra, Saloh yanvarda sotilsa, "Liverpul" braziliyalik futbolchini Madrid klubidan sotib olishga harakat qiladi.
Oldinroq misrlik futbolchiga Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Muhammad Saloh "Liverpul"da 2017-yildan buyon o'ynab kelmoqda. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. Angliya chempionatining joriy mavsumida Saloh "Liverpul" tarkibida beshta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.







