Eng dolzarb

“Antistrumin” xarid qilgan MCHJ SSV taʼsisligida bo‘lgan

Dori vositasini xarid qilish uchun hech qanday tender o‘tkazilmagani aytilmoqda.

“Antistrumin” xarid qilgan MCHJ SSV taʼsisligida bo‘lgan

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi taʼsischiligidagi “O‘ZMEDIMPEKS” MCHJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (Antistrumin) dori vositasini xarid qilish uchun 2022 yil iyun oyida “Samo” MCHJ bilan 5 mlrd 644 mln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan. 2023 yil 11 yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 mln so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingan.

 

“O‘ZMEDIMPEKS” MCHJ 2023 yil 4 mayda yana antistrumin dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MCHJ bilan 15 mlrd 275 mln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, jami 21 mlrd 875 mln so‘m mablag‘ evaziga “Samo” MCHJ 3 mln 550 ming miqdorda antistrumin yetkazib berishi ko‘rsatilgan.

Maʼlumot uchun, antistrumin dori vositasini xarid qilish uchun hech qanday tender o‘tkazilmagan, shartnomalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan. “Samo” MCHJ taʼsischilaridan biri

 

Nodir Yunusov AQSH bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. U odam savdosi va firibgarlikda ayblangan. Nodir Yunusov, shuningdek, “Zuma-Pharma” MCHJ rahbari ham sanaladi. 

 

Davlat xaridlari portalida “O‘ZMEDIMPEKS” MCHJ “Zuma-Pharma” MCHJ bilan ham tuzgan shartnomalar haqida maʼlumot bor. Jumladan, 7000 dona shpris-ruchka eritropoetin vositasini yetkazib berish bo‘yicha 782 mln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgan. 

 

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bolalar ovqatdan ham, doridan ham zaharlanmaganligini aytdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Antistrumin” xarid qilgan MCHJ SSV taʼsisligida bo‘lgan | Zamon.uz