Eng dolzarb

Sergelidagi portlash zarari nega davlat hisobidan qoplanmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan masalaga Bosh vazir matbuot kotibi izoh berdi.

Sergelidagi portlash zarari nega davlat hisobidan qoplanmoqda?

 

Bosh vazir matbuot kotibi:

 

— Chindan ham, fuqarolik va jinoyat qonunchiligi bo‘yicha xususiy tadbirkorning noqonuniy harakatlari oqibatida boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni davlat emas, balki aybli harakat sodir qilgan tadbirkorning o‘zi qoplab berishi kerak.

 

Lekin nega bunday qilinyapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

 

Gap shundaki, protsessual qonunchilikka ko‘ra, sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar bo‘yicha aybdorlarni aniqlash va ularning harakatlariga huquqiy baho berish hamda zarar qoplash bo‘yicha tergov harakatlari va sud jarayoni ko‘p vaqt talab etadi.

 

Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ana shu jihatlarni inobatga olib, yong‘in oqibatida xonadonlariga talofat yetgan fuqarolarni sovuq tushmasdan tezroq uylariga kiritish bo‘yicha hukumat oldiga qat’iy topshiriq qo‘yganlar va uning ijrosini shaxsan o‘zlari doimiy nazorat qilib turibdilar.

 

Bundan tashqari, Konstitusiyamizning 23-moddasida davlat o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilangan.

 

Shu bois, tergov va sud jarayonlari yakuniga yetguniga qadar ta’mirlashga kerak bo‘ladigan mablag‘lar zaxira jamg‘armasidan ishlatib turilibdi.Shuni alohida qayd etmoqchiman, tergov va sud ishlari yakuniga yetgach, ta’mirlash uchun zaxiradan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan sud orqali undirib olinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Sergelidagi portlash zarari nega davlat hisobidan qoplanmoqda? | Zamon.uz