Eng dolzarb

Dunyoga xavf solayotgan muammo O‘zbekiston uchun qanchalar xatarli?

Qurg‘oqchilik sabab suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, hosildorlikning kamayib borishi, oqibatda esa, oziq-ovqat taqchilligiga olib keladi. Xo‘sh, suv resurslarini muhofaza qilish borasida yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Dunyoga xavf solayotgan muammo O‘zbekiston uchun qanchalar xatarli?

 

Global iqlim o‘zgarishi, xususan, havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida dunyoda yirik ekologik muammolar, ba’zi hududlarda suv sathining ko‘tarilishi, toshqinlar, qurg‘oqchilik kabi ofatlar kuzatilyapti. Bu esa ekovaziyatning izdan chiqayotganiga bir signaldir. Dunyoga xavf solayotgan muammolar Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

 

Suv resurslarining asta-sekin cheklanib borishi zanjirga aylangan holda juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Bu ofat sabab mamlakat suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, ekilayotgan ekinlarning hosildorligi kamayib borishi, oxir-oqibat esa oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan yuzlashadi. Bunday qaltis vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li — toza ichimlik suvidan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik.

 

Xo‘sh, bu borada O‘zbekistonda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Mavzuni 2021-2023 yillar misolida ko‘rib chiqamiz.

 

✔️ 2021 yilda qilingan ishlar:

 

1) 33 ta yirik shaharning kommunal oqova tozalash inshootlari o‘rganildi va ekologik nazorat ishlari o‘tkazildi (maqsad: kommunal kanalizatsiya oqova suv tozalash inshootlaridan yer usti suv obyektlariga tashlanadigan oqova suvlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish);

2) jami 167 ta korxonada lokal oqova tozalash inshootlari holati o‘rganildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 ta, Andijon viloyatida – 14 ta, Buxoro viloyatida – 11 ta, Jizzax viloyatida – 13 ta, Qashqadaryo viloyatida – 9 ta, Navoiy viloyatida – 9 ta, Namangan viloyatida – 15 ta, Samarqand viloyatida – 15 ta, Surxondaryo viloyatida – 6 ta, Sirdaryo viloyatida – 10 ta, Toshkent viloyatida – 27 ta, Toshkent shahrida – 9 ta, Farg‘ona viloyatida – 24 ta, Xorazm viloyatida – 2 ta korxonada o‘rganish ishlari olib borildi;

3) jami 2170 ta avtomobil yuvish shoxobchasidan 1602 tasi xatlovdan o‘tkazildi, 361 tasida suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasi, 460 tasida ichki oqova tozalash inshootlari mavjud emasligi va 277 tasida boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlandi;

4) daryolar va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari belgilanib, ushbu hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazildi;

5) 50 dan ortiq kichik daryolar, soylar va tabiiy ko‘llarning suvni muhofaza qilish zonalari, shu jumladan qirg‘oq bo‘yi polosalari belgilanishi lozimligi aniqlandi;

6) suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan reyd va tekshiruvlar davomida 1588 nafar shaxsdan qariyb 2 mlrd 609 mln so‘m jarima undirib olindi.

2021 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2,76 mln m3 suv iqtisod qilindi.

 

✔️ 2022 yilda qilingan ishlar:

2022 yilda Prezidentning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan:

1) 14 ta suv ob’yektida suvni muhofaza qilish zonalari va sohilbo‘yi mintaqalari belgilandi;

2) 76 ta korxonada lokal oqova suv tozalash inshootlari qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amaldagi 77 ta korxonada lokal tozalash inshootlari rekonstruksiya qilindi va qurib bitkazildi;

3) “Salar” kanalida 78 km, “Qorasuv” kanalida 57,3 km, “Katta Kalkauz” kanalida 52 km, “Kalkauz” kanalida 111,5 km, “Bo‘zsuv” kanalida 333,5 km, “Bo‘rijar” kanalida 312 km va “Pul-emas” kanalida 281,8 km qismida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi (maqsad: Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish);

4) 917 ta avtomobil yuvish shoxobchalarida ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligini aniqlash yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha 110 ta ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib olgan shoxobchalar bo‘yicha ularni amaldagi tartibga muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirildi;

Respublika bo‘yicha 175 ta shoxobchalar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan turiga o‘tkazilishi natijasida 70 foiz suv va elektr energiyasi tejalishiga erishildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasidagi gilam va avtomobil yuvish shoxobchalarni konuniy tartibga solish borasida o‘rganishlar o‘tkazilib, asoslangan takliflar tayyolandi.

Bundan tashqari, yashil makon doirasida ekilgan daraxtlarni va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi.

5) Joylarda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanishda bo‘lgan 3886 ta yer osti quduqlari o‘rganildi. Respublika bo‘yicha 2299 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11 ta, Buxoro viloyatida 1226 ta, Jizzax viloyatida 237 ta, Qashqadaryo viloyatida 44 ta, Navoiy viloyatida 286 ta, Namanganda 3 ta, Surxondaryo viloyatida 289 ta, Sirdaryo viloyatida 97 ta, Farg‘onada 16 ta, Toshkent viloyatida 90 ta) yer osti quduqlari tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelingani aniqlandi.

 

✔️ 2023 yilda qilinayotgan ishlar:

Joriy yil rejasiga muvofiq:

1) 14 ta ob’yektda, ya’ni Tentaksoy, Andijonsoy, Shahrixonsoy, Zominsuv, Nuraksoy, Xo‘jamushkentsoy, Sherobod, Isfayramsoy, Bosholishsoy, Ugom, Oqsoqota, Dukentsoy, Qizilsoy va Parkentsoy yer usti tabiiy suv ob’yektlarining sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash loyihalari ishlab chiqildi va viloyat hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlandi. Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari belgilandi;

2) 56 ta korxonada lokal tozalash inshootlari rekonstruksiya qilindi va 21 ta korxona qurib bitkazildi;

3) 917 ta avtomobil yuvish shoxobchalarida ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha 110 ta ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib olgan shoxobchalar bo‘yicha ularni amaldagi tartibga muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirildi;

4) joylarda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanishda bo‘lgan 3886 ta yer osti quduqlari o‘rganildi. Respublika bo‘yicha 2299 ta yer osti quduqlari tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelingani aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi;

5) suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlar (Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlari)da moratoriy e’lon qilindi (Asos: Prezidentning “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 7 dekabrdagi PQ-439-son qarori). Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlandi;

6) O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 22-23 martda imzolangan iqtisodiy hamkorlik Strategiyasiga muvofiq atrof-muhit muhofazasi sohasida hamkorlik qilish va Sirdaryo daryosi suvi sifatini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan qo‘shma ishchi guruhining 4 va 5-son yig‘ilishlari o‘tkazildi; 

7) Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi kollektorlardan ko‘llar tizimiga suvlarning kelib quyilishi va suvlarning sifatini nazorat qilish, Suv xo‘jaligi tizimidagi kanallardan qo‘shimcha suv tashlash loyihalarining bajarilishi, baliq tutishni cheklash, moratoriy joriy qilish va brakon’yerlikka qarshi kurashish, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari tomonidan cho‘llanishga moyil hududlarda butalar ekish va ko‘kalamzorlashtirish borasida ishlar bajarildi (Asos: Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 26 martdagi 136-sonli qarori). Suv tejovchi texnologiyalarni o‘rganish borasida Isroil tajribasi o‘rganildi.

 

Xulosa:

 

Daryolar, ko‘llar va botqoq yerlar kabi suv bilan bog‘liq tizimlar – ekologik muvozanatni saqlash, bioxilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Suvni isrof qilmay to‘g‘ri, maqsadli sarflash – suv ekotizimlariga salbiy ta’sirni yumshatib, yashash uchun qulay maydonlarning qisqarishini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Suv resurslarini tejash – suv iste’moli va ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Bunga suvdan foydalanish unumdorligini oshirish va suv yo‘qotilishini kamaytirish, samarali texnologiyalarni qo‘llash orqali erishiladi.

 

Suv sarfini kamaytirish, irrigatsiya tizimlarini isloh qilish, texnologik innovatsiyalarni joriy etish, oqilona rejalashtirish va boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlar – iqtisodiy samaralarga erishish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Dunyoga xavf solayotgan muammo O‘zbekiston uchun qanchalar xatarli? | Zamon.uz