Sport

Xonanda Alijon Isoqov shaxmat o‘yiniga yangilik kiritdi

U kiritilgan yangilikni "shaxmat plus" deb atadi va mualliflikni patentladi.

Xonanda Alijon Isoqov shaxmat o‘yiniga yangilik kiritdi

 

U kiritilgan yangilikni "shaxmat plus" deb atadi va mualliflikni patentladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi maʼlum qildi.

 

 

"Havaskor sifatida shaxmatga 8 ta taʼminotchi tosh qo‘shdim va shaxmat doskasini kattalashtirdim. Bunga ikki yildan oshdi, shaxmatga qiziqadigan odamlar bilan o‘ynab ko‘rdim, keyin ular juda qiziq va mukammal o‘yin bo‘libdi, ommaga joriy qilsa bo‘lar ekan, deyishdi.

 

Adliya vazirligiga borib, shu yangilik haqida aytganimda, yaxshi yangilik qilibsiz, deyishdi va mualliflik guvohnomasi, bundan tashqari, EHM dasturlari uchun patent hamda guvohnoma ham berishdi. Shu tariqa shaxmatga kiritilgan ushbu o‘zgarish yangi sport turiga aylandi va "shaxmat plus" nomi bilan patentlandi.

 

Shaxmatga hurmatim cheksiz bo‘lgani uchun ularning harakatiga yoki yo‘nalishiga hech qanday o‘zgartirish kiritmadim. Faqat taʼminotchi tosh qo‘shib, doskani kengaytirdim. Yaʼni 4 tadan 8 ta taʼminotchi tosh qo‘shilgan, to‘rtta oq va to‘rtta qora. Kataklar soni avval 64 ta edi, hozir 80 taga kengaytirdim. Shaxmat ustalari Baxtiyor Jumayev va Bobur Sattorov bu doskada o‘ynab ko‘rishdi, “5 partiya o‘ynab, shuni anglab yetdikki, murakkab va qiziqarli o‘yin chiqibdi, oldingi o‘yindan ikki yarim baravar kuchli”, degan xulosaga kelishdi", — deydi Alijon Isoqov.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Xonanda Alijon Isoqov shaxmat o‘yiniga yangilik kiritdi | Zamon.uz