Bu mavsumda "Siti"ning raqibi kim?
Bunga Gvardiola javob berdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchilari APL chempionligi uchun qaysi raqib bilan kurashadi, degan savolga javob berdi.
“Kim bilan oltin talashamiz? Albatta, "Liverpul" bilan birga. Unga kim da'vo qilishini tahlil qilish uchun siz dastlabki 10 ta o'yinni baholashingiz kerak. Hali 10 ta o‘yin o‘tkazganimiz yo‘q. Biz kutishimiz kerak, lekin yirik klublar doimo chempionlik uchun davogarlar qatorida bo'lishadi", - dedi Gvardiola
"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalining birinchi pog'onasida, Pep Gvardiola jamoasi 7 turdan keyin 18 ochkoga ega. Premyer-liganing navbatdagi o'yinida Manchester jamoasi Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'ynaydi, uchrashuv 8 oktabr kuni bo'lib o'tadi.







