"Individual jihatdan u yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi"
Mbappe "Oltin to'p" uchun qaysi nomzodga ovoz berishini aytdi.

"PSJ"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe "Oltin to'p"ni "Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi olishi kerak, deb hisoblamoqda.
“Oltin to‘p” so‘rovida Leo Messiga ovoz beraman”. Individual jihatdan u yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va bu mukofotga loyiq”, - dedi Mbappe.
Lionel Messi yozgi transfer oynasida “Inter Mayami”ga o'tdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025-yilning dekabr oyigacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







