O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki yakunlandi
Delegatsiya hisobidagi medallar soni 71 tani tashkil etdi.

Bugun Osiyo o‘yinlari doirasidagi karate musobaqalarida o‘zbekistonlik so‘nggi ishtirokchi o‘z chiqishlarini tugatdi. Shunday qilib, barcha sportchilarning chiqishi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekistonning yakuniy natijasi quyidagicha bo‘ldi:
—22 ta oltin;
—18 ta kumush;
—31 ta kumush.
Bu tarixdagi eng yaxshi natija bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha eng yaxshi natija 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida qayd etilgandi. Unda delegatsiya 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalga sazovor bo‘lgan.







