HAMAS: Biz muzokaralarga tayyormiz
HAMAS barcha siyosiy muloqotlarga ochiqligini maʼlum qildi.

HAMAS Isroil bilan barcha siyosiy muloqotlarga ochiqligini maʼlum qildi.
Jurnalistlar bilan suhbatda "guruh ehtimoliy sulhni muhokama qilishga tayyormi", degan savolga Muso Abu Marzuk HAMAS barcha siyosiy muloqotlar uchun ochiqligini bildirgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, HAMAS o‘nlab ikki fuqarolikka ega Isroil fuqarolarini, jumladan, Rossiya va Xitoy fuqaroligiga ega bo‘lganlarni qo‘lga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga hujumlar “boshlanishi”ni aytdi. Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov sharqdagi urushni to‘xtatishga chaqirdi va Falastinga “tinchlikparvarlik missiyasi” bilan borishga tayyorligini ma'lum qildi.







