Chiqindi poligonlari atrofida “yashil belbog‘” yaratiladi
Ushbu taklif Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Chiqindi poligonlari atrofida “yashil belbog‘” yaratiladi. Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.
O‘rmon xo‘jaliklarida 5 million dona daraxt ekish, chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida 20 million tup terak, tut va uzum ekish, bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 3,5 million dona ko‘chat ekish, Orolning qurigan tubida 100 ming gektarda “yashil qoplama”larni barpo etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilishda daraxtlar va yashil hududlarni parvarish qilishni yaxshilash maqsadida obodonlashtirish bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Bu borada hozirda shahar va tumanlardagi obodonlashtirish xizmatini xususiy sektorga berish, har bir ko‘chani daraxtlari bilan alohida-alohida lot qilib, bir yillik mablag‘i bilan ochiq tanlovga qo‘yish taklifi o‘rganilmoqda.
Yig‘ilish davomida hududlar, vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti tinglandi.







