Toshkent-Markaziy vokzali faoliyati qayta tiklandi
Bir oy davomida Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnayotgan edi.

16-oktabrdan boshlab Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.
"Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirishingiz mumkin", - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Toshkent-Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xovos, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 oktyabrdan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.







