Toshkentda qalbaki pul sotayotgan shaxs ushlandi
U 40 mln soxta pulni 18 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro E.H. fuqaro A.D. ga 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







