Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi yakunlandi
Prezidentni Hukumat rahbari kuzatib qo‘ygan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
“Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti bugun MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi hamda Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston yetakchisiga tashkilotning OLiy mukofoti – MDH Faxriy nishoni topshirildi.
Sammit doirasida Prezident Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.







