Siyosat

Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda transport, savdo, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.

 

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik munosabatlarning izchil rivojlanishi, shuningdek, parlamentlararo aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani muhokama qilindi.

 

Suhbat davomida ikki davlat rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari mustahkamlanib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bilan boyib borayotgani qayd etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Xitoy tomonining O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashi, xususan, transport, savdo, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi.

 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish hamda istiqboldagi mushtarak rejalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Saida Mirziyoyeva Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

Marko Rubio 17–22-oktyabr kunlari Samarqand, Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.