O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

 

Bugun, 17 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida Prezident taklif va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. 

 

O‘zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining o‘n yillik yubileyi bilan dildan qutladi.

 

– “Makon va yo‘l” tashabbusi qisqa tarixiy davr ichida umumiy taraqqiyot va ravnaqqa erishish yo‘lidagi hamkorlik uchun muhim, inklyuziv va ochiq platformaga aylandi.

 

XXR Raisining “Yashil ipak yo‘li” tashabbusi ilk bor 2016 yilda O‘zbekistonda bildirilgani chuqur ramziy maʼnoga ega, - dedi mamlakat yetakchisi.

 

O‘zbekiston Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da chuqurlashtirishga qatʼiy intilishi alohida taʼkidlandi. 

 

Har tomonlama strategik sheriklikni yangi davrda rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshirilmoqda. 

 

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil bajarilayotgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib, asosiy masalalar borasida tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlayotgani alohida mamnuniyat bilan taʼkidlandi. 

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 

 

Keyingi yillarda Xitoy investitsiyalari hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni uch barobar ko‘paydi. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 36 foizga oshdi. Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkich 10 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

 

Tovar ayirboshlashni yaqin besh yilda 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha asoslar borligi haqida yakdil fikr bildirildi.

 

Xitoy kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida yuksak texnologiyalar, muqobil energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika tarmoqlarida, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarda bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 

 

O‘zbekiston yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko‘paytirishdan manfaatdorligi bildirildi. 

 

Xitoyning yetakchi banklari va “Ipak yo‘li” fondi bilan samarali hamkorlikka yuqori baho berildi. 

 

Hududlararo aloqalar faollashgani qayd etildi. Yil boshidan O‘zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi, Shensi, Shandun, Szyansu va Szyansi muzofotlari delegatsiyalari tashrif buyurdi.

 

Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish tajribasini o‘rganish va joriy etish borasida samarali tajriba almashish va amaliy hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Barcha kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqish maqsadida Hukumatlararo qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish taklif qilindi.

 

Yetakchilar madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida qizg‘in hamkorlikni yuksak baholadilar. Xitoy 2023 yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili” deb eʼlon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi.

 

Yaqinda Xanchjoudagi Ipak milliy muzeyida O‘zbekistonning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. PekindagiGugun” saroyi muzeyida “Makon va yo‘l” tashabbusi doirasidagi Arxeologik hamkorlik ko‘rgazmasida tarixiy merosimiz ekspozitsiyasi tashkil etildi.

 

Oktyabr oyi oxirida O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari, kelgusi yil bahorida esa Xitoyda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekistonda, ayniqsa yoshlar orasida xitoy tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutining samarali faoliyati bunga katta hissa qo‘shmoqda. Xitoy tilini o‘qitishni va yosh olimlar o‘rtasidagi almashinuvni kengaytirish rejalari belgilab olindi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Toshkentda Xitoyning yetakchi Sinxua universiteti va Pekin universiteti filiallarini ochishni taklif qildi.

 

Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

 

“Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.

 

Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

 

Muzokaralar yakunida davlat rahbari XXR Raisini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. 

 

Uchrashuv har doimgidek ishonchli, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"