Yevroparlament Ukrainaga yordam jamg‘armasi yaratmoqchi
Loyiha qiymati 50 milliard yevro.

Yevroparlament Yevropa komissiyasining kelgusi to‘rt yil ichida qiymati 50 milliard yevro bo‘lgan Ukrainaga yordam jamg‘armasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. 512 deputat bu taklif uchun ovoz berdi, 45 nafari qarshi, 63 nafari betaraf qoldi.
Taʼkidlanishicha, YEIga aʼzo davlatlar bilan jamg‘arma bo‘yicha muzokaralar Yevropa Ittifoqi Kengashi umumiy pozitsiyaga kelishi bilanoq boshlanishi mumkin.
Gap Ukrainani rekonstruksiya qilish, tiklash va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va kreditlar ko‘rinishida 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan 50 milliard yevroni o‘z ichiga olgan yangi “Ukraine Facility” loyihasi haqida bormoqda.
Yevropa deputatlarining asosiy talablaridan biri - muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish.







