Benzema terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda ayblandi
Futbolchi Falastin xalqini qo'llab-quvvatlagandi.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzemani terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda aybladi.
"Biz hammamiz bilamizki, janob Karim Benzema mazkur tashkilot bilan aloqalarga ega", - dedi Darmanen.
Avvalroq, Benzema Isroil bilan harbiy mojaro sharoitida Falastin xalqini qo'llab-quvvatlashini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 7-oktabr kuni G‘azo sektorini nazorat qiluvchi Falastinning XAMAS harakati Isroilga hujum qildi, natijada isroilliklar voqeani urush deb atadi va javob qaytara boshladi.







