Eng dolzarb

"Misli ko‘rilmagan shafqatsizlik": G‘azodagi shifoxona portlatildi

Isroilning G‘azodagi shifoxonaga zarbasi kamida 800 kishining umriga zomin bo‘ldi.

"Misli ko‘rilmagan shafqatsizlik": G‘azodagi shifoxona portlatildi

 

G‘azo sektoridagi "Al-Ahliy al-Maʼdaniy" baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan raketa zarbasi berildi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 800 nafardan ziyod odam halok bo‘lgan, ularning orasida yuzlab bolalar bor.

 

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonada halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi vakillari bo‘lganini qayd etdi.

 

Isroil tomoni zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayapti.

 

Ekspertlar kasalxonaga Amerikada ishlab chiqarilgan JDAM raketasi bilan zarba berilganini aniqlashgan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSH Isroilga shu turdagi raketalarni yetkazib bergandi.

 

Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qildi.

 

Dunyo hamjamiyati Isroilning qilmishiga qanday munosabat bildirmoqda?

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azodagi hospitalga Isroil tomonidan aviazarba berilganidan so‘ng jahon hamjamiyatini Falastin anklavidagi "misli ko‘rilmagan shafqatsizlik"ni tugatishga chaqirdi.

 

"Ayollar, bolalar va hech narsada aybsiz bo‘lgan tinch aholi vakillari bo‘lgan kasalxonaga zarba berish — bu Isroilning elementar insoniy qadriyatlardan xoli bo‘lgan hujumlarining namunasidir.

 

Men butun insoniyatni G‘azo sektoridagi bu misli ko‘rilmagan shafqatsizlikni to‘xtatishga chaqiraman", — deb yozdi Erdo‘g‘an X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

 

AQSH Isroilni "urush qonunlari"ga rioya qilishga chaqiradi — Pentagon G‘azo sektoridagi hospitalga Isroil aviazarbasi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Misr tashqi ishlar vazirligi: "Biz Isroil tomonidan G‘azo sektoridagi Al-Ahliy baptistlar hospitalining bombardimon qilinishini keskin qoralaymiz".

 

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi: "G‘azodagi shifoxonani portlatish — og‘ir jinoyatdir".

 

Iordaniya qiroli G‘azodagi kasalxona portlashini “qirg‘in” va "harbiy jinoyat" deb atadi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘azo sektoridagi kasalxonaga hujumni qatʼiy qoralaydi, shuningdek, tinch aholi va tibbiyot muassasalarini himoyalashning zarur choralarini ko‘rishga chaqiradi — JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

 

Rossiya va BAA G‘azodagi shifoxonaga berilgan zarba tufayli 18-oktabr kuni  BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘rashdi.

 

Dunyo bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lmoqda

 

Mudhish fojia turli davlatlarda yashayotgan musulmonlarni junbishga keltirdi. Ular Isroilning jinoyatkorona harakatlarini qoralab, ko‘chalarga namoyishga chiqishdi. Jumladan, Iordaniya poytaxti Ammon shahrida Isroil elchixonasiga o‘t qo‘yilgani aytilmoqda. Istanbul shahridagi Isroil konsulligi binosi oldida ham ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi o‘tkazildi.

 

G‘azodagi fojia tufayli Eron, Iroq, Livan va bir qator arab davlatlarida 18 oktabr motam kuni deb eʼlon qilinadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"