O'zbekiston

UzAuto Motors sotuvda yo‘q avtomobillar narxini 9 million so‘mgacha oshirdi

Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlari qimmatlashdi.

UzAuto Motors sotuvda yo‘q avtomobillar narxini 9 million so‘mgacha oshirdi

 

UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oshirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan maʼlumotlarga ko‘ra, Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellariga narxlari 4,7 million so‘mdan 9 million so‘mgacha qimmatlashgan. 

 

Qimmatlashgan komplektatsiyalarning yangi narxlari:  

 

Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 so‘m(eski narxi – 160 868 000 so‘m);

 

Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 so‘m(eski narxi – 92 204 000 so‘m);

 

Labo LB2 Plus: 96 370 000 so‘m(eski narxi – 91 669 000 so‘m);

 

Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 so‘m(eski narxi – 113 711 000 so‘m);

 

Cobalt GX-Style Plus AT:141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).

 

Eslatib o‘tamiz, kompaniya ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tikladi. O‘shanda avtosalonlarda kuzatilgan aviotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib bo‘lingani aytilgandi. 18 sentyabr kuni esa qo‘shimcha shartnoma berish boshlangani ko‘pchilikning uzoq kutilgan quvonchi bo‘ldi, biroq oradan 2 soat o‘tar-o‘tmas 28 mingta shartnoma tugagani, jarayon esa to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"