O'zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi
Odil Abdurahmonov assotsiatsiya raisi etib saylandi.

O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi hamda kuni kecha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Assotsiatsiyaning ilk Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot tizimidagi ilk saylov amalga oshirilgan.
Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovich O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi Daliyev Shohrux Hojiakbarovich, Yoshlar ishlari agentligi direktori Saʼdullayev Alisher Zafarovich va “Befit Pro” rahbari Navro‘zov Jahongir Ergashbayevich assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlari etib saylanishgan.







