Jahon

Rishi Sunak Isroilga keldi

Sunak Isroil rasmiylari bilan G‘azo sektori uchun insonparvarlik yordami yetkazib berish va anklav aholisini xavfsiz hududga ko‘chirish masalalarini muhokama qilmoqchi.

Rishi Sunak Isroilga keldi

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Tel-Avivga kelib qo‘ndi. U bu yerda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va prezident Isʼhoq Gersog bilan uchrashmoqchi

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri matbuot xizmati xabar berishicha, Sunak Isroil rasmiylari bilan G‘azo sektori uchun insonparvarlik yordami yetkazib berish va anklav aholisini xavfsiz hududga ko‘chirish masalalarini muhokama qilmoqchi. 

 

Britanlar bosh vaziri Tel-Aviv aeroportida o‘zini qarshi olgan jurnalistlar qarshisida HAMASning Isroilga 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumini “qo‘rqinchli” terakt deb atagan.

 

U Buyuk Britaniya Isroilni qo‘llashini tasdiqlagan.

 

«Men bosh vazir va prezident bilan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqdaman, ular samarali bo‘lishiga umid qilaman», — degan Sunak.

 

Britanlar bosh vaziri Tel-Avivga mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida kelib qo‘ndi. U 18 oktyabr kuni kechqurun Kiprga uchgandi, u yerdan Isroilga yo‘l olgan.

 

Sunak endi yaqin soatlar ichida Isroil rahbarlari bilan uchrashish uchun Quddusga (Ierusalim) yo‘l oladi.

 

18 oktyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrif buyurgandi. Yaqin vaqtlar ichida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham kelishi kutilmoqda.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

custom img

Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq AQSH vizasini bekor qildi

AQSH Davlat departamenti vizalar asosan jinoiy faoliyat, viza qoidalarini buzish, firibgarlik va milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan bog‘liq holatlar sabab bekor qilinganini bildirdi.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 132 kishiga yetdi

1 575 ta turar joy binosi zarar ko‘rgan, mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilingan.

custom img

Tramp Erondan AQSh askarlari o‘limi uchun kompensatsiya talab qilmoqda

AQSh prezidenti bu masalani Tehron bilan kelgusidagi muzokaralarda ko‘tarishini aytdi.

custom img

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaydi — Yonhap

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Seulni Kiyevga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga chaqirgandi.

custom img

Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘ldi

Zilzila Choko provinsiyasida 107 kilometr chuqurlikda qayd etilgan va mamlakatning bir qator yirik shaharlarida ham sezilgan.

custom img

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Mazkur rejalar uch davlat o‘rtasida 7-avgust kuni imzolangan Makka kelishuvi doirasida amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"