Jahon

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

Fransiyaning turli hududlarida, xususan, Il-de-Frans mintaqasida yuqori sinf o‘quvchilari ta’lim muassasalaridagi resurslar va o‘qituvchilar yetishmasligiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Namoyishlar vaqtida 164 kishi hibsga olingan.

 

Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunesning ma’lum qilishicha, namoyishlar davomida 12 nafar yuqori sinf o‘quvchisi, uch nafar maktab direktori, ta’lim muassasalarining besh nafar xodimi hamda 12 nafar ichki xavfsizlik kuchlari xodimi jarohatlangan.

 

Nunesning so‘zlariga ko‘ra, 28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan. Ulardan 27 tasi to‘liq bloklangan. Ayrim joylarda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

 

BFMTV telekanali xabariga ko‘ra, noroziliklar 29-sentyabr kuni ham davom etgan. Parijda yuqori sinf o‘quvchilari ta’lim muassasalaridagi murakkab vaziyatga e’tibor qaratish maqsadida namoyish o‘tkazgan.

 

Lill shahrida esa vaziyat keskinlashgan. Bir guruh namoyishchilar Sezar Bajio nomidagi maktabga kuch bilan kirishga uringan. Shundan so‘ng voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari yuborilgan. 

 

Namoyishchilarning bir qismi politsiyaga tosh va boshqa buyumlarni uloqtirgan, shundan keyin huquq-tartibot kuchlari ularni tarqatishga kirishgan.

 

Norozilik aksiyalariga universitet talabalari ham qo‘shila boshlagan. BFMTV ma’lumotiga ko‘ra, Lill yaqinidagi Vilnev-d’Ask shahrida joylashgan Pon-de-Bua kampusi talabalar tomonidan bloklangan.

 

Tuluza shahridagi Pol Sabatye universitetida ham talabalar o‘z talablarini ilgari surib, norozilik aksiyasi o‘tkazgan.

custom img

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"