Jahon

Sergelidagi portlash sababi ochiqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, omborda kimyoviy moddalar belgilangan talablarga zid holda saqlangan.

Sergelidagi portlash sababi ochiqlandi

Hukumat komissiyasining Toshkent shahridagi omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti e’lon qilindi.

 

Favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish jarayonida yong‘in boshlangan joy va portlash o‘chog‘i metall va “sendvich” panellardan qurilgan omborda yuz berganligi aniqlangan.

 

Yong‘in va portlash oqibatida omborning metall konstruksiyalari deformatsiyaga uchrab, qulab tushgan.

 

Yong‘in sodir bo‘lgan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar, qurilish va boshqa mahsulotlar belgilangan talablarga rioya qilinmasdan aralash holda saqlab kelingan.

 

Hodisa joyi o‘rganilganda aynan vodorod peroksidi saqlangan joy yaqinida gul qog‘ozlar va boshqa yonuvchi materiallar saqlangani aniqlandi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, omborxonada saqlanayotgan kimyoviy modda va materiallarning o‘zaro ta’sirlanishi va kimyoviy o‘z-o‘zidan yonishi yuzaga kelib, portlash sodir bo‘lgan.


Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Hodisa sodir bo‘lgan omborxona hududida 12 ta ijarachi kompaniyaning katta miqdordagi turli xil nomenklaturadagi tovarlari saqlanganligi hamda jinoyat ishi doirasida mutaxassislar tomonidan bir nechta turdagi ekspertiza tadqiqotlari (sudga oid kimyoviy, yong‘in-texnik, portlash, tovarshunoslik, qurilish va x.k.) o‘tkazilayotganligi uchun yong‘in va portlash sabablari, shuningdek yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish muayyan vaqtni talab etmoqda.


Holat yuzasidan kompleks sud ekspertiza xulosalari va tergov natijalariga ko‘ra yakuniy xulosa qilinadi.

 

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"