O‘zbekistonlik shaxmatchi «Qatar Masters Chess-2023» g‘olibiga aylandi
Finalda O‘zbekiston milliy jamoasi aʼzolari o‘zaro to‘qnash keldi.

20 oktyabr kuni Dohada «Qatar Masters Chess-2023» musobaqasining so‘nggi turi yakuniga yetdi.
Qatar mezbonligidagi turnirning finali «o‘zbekcha final»ga aylandi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi aʼzolari Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev 7 ochkodan to‘plab, yakunda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yigitlar ushbu musobaqada Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Anish Giri, Gukesh kabi dunyoning TOP-10 shaxmatchilarini ortda qoldirdi.
Qo‘shimcha bahsda reyting bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lgan Yakubboyev Abdusattorovdan ustun kelib, sensatsion tarzda «Qatar Masters Chess-2023» chempionligini qo‘lga kiritdi. U tay-brekda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.







