Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarini oltin medallar bilan boshladi
Sportchilarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari start oldi.
"Parakanoe bahslarida Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) o‘z dasturlarida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi", — deyiladi xabarda.


.webp)
Ayni paytda yengil atletika bahslarida medallar o‘ynalmoqda. Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.







