O'zbekiston

Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Akademiyaning o‘quv dasturi Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

 

Joriy yilning 20-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti BMT Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Akademiyadan maqsad turizm sanoati va iqtisodiyot sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan malakali kadrlar sinfini shakllantirishdan iborat.

 

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, UNWTOga aʼzo davlatlar vazirlari va delegatsiyalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etdi.

 

“Samarqand bir vaqtlar Ipak yo‘lidagi ilg‘or taʼlim va ilm-fan markazi bo‘lgan. Yangi O‘zbekistonda biz tarix va anʼanalarimizni qadrlaymiz, sifatli taʼlimga alohida eʼtibor qaratamiz, turli sohalarda yangi avlod olimlari, yosh yetakchilarni tayyorlamoqdamiz. 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ochildi. Bugun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xalqaro turizm akademiyasi ochildi, uning asosiy maqsadi turizm sohasida taʼlim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishdan iborat”, — dedi A.Abduhakimov.

 

 

Zurab Pololikashvili esa turizmni rivojlantirishda taʼlimning ahamiyati va Bosh Assambleyaning yubiley sessiyasi o‘tkazilgan mamlakatda Xalqaro akademiya ochilishini taʼkidladi.

 

“Akademiyani ochish tashabbusi ilgari surilganidan 9 oy o‘tib, ochilishda qatnashayotganimdan xursandman. Dastlab bunga ishonolmadim, chunki Bosh Assambleya boshlanishiga oz vaqt qolgandi. Ammo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashi va Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning saʼy-harakatlari bugun tashkilotga aʼzo mamlakatlar turizm vazirlari ishtirok etayotgan Akademiyaning ochilishini o‘tkazish imkonini berdi. Bu jarayonda qatnashganimdan mamnunman. Bu nafaqat UNWTO yoki Samarqand uchun, balki umuman turizm uchun ham muhim qadamdir”, — dedi Z.Pololikashvili.

 

Bundan tashqari, Z.Pololikashvili ochilish marosimida ishtirok etgan turizm vazirlari va turizm boshqarmalari rahbarlarini Akademiya faoliyatini tashkil etish va o‘quv jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

 

Taʼkidlash joizki, Akademiyaning o‘quv dasturi Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Trening chet ellik maslahatchilar tomonidan olib boriladi. Akademiyani tamomlagandan so‘ng bitiruvchiga jalb qilingan hamkor taʼlim muassasalari tomonidan tan olingan sertifikat beriladi. Har bir modulni tugatgandan so‘ng, talabalar xususiy sektor hamkor kompaniyalarida amaliyot o‘tash orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Akademiya tashkilotchilari O‘zbekiston hukumati va BMTning Butunjahon turizm tashkiloti hisoblanadi.

 

 

UNWTOning Akademiyani tashkil etishdagi faoliyati xalqaro tajribaga asoslangan kadrlar tayyorlash modelini yaratish, o‘quv dasturlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, ToT dasturlari (trenerlarga trening o‘tish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish) orqali mentorlarni tayyorlash, institutsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, talabalar reytingini baholash, taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, dasturlarning xalqaro tan olinishi va sertifikatlanishini taʼminlashdan iborat.

 

O‘zbekistonning Akademiya faoliyatiga qo‘shgan hissasi – o‘quv dasturlarini mahalliy sharoitga ko‘paytirish va moslashtirish, ToT dasturlari orqali mentorlar tayyorlashga ko‘maklashish, loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, talabalarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, dasturlarni takomillashtirish va moslashtirish, talabalar reytingini baholash, targ‘ibot ishlari dasturlarni targ‘ib qilish va boshqalardir.

 

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"