O'zbekiston

Fransiya Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rasmiy tashrif noyabr boshida amalga oshiriladi.

Fransiya Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

 

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng 2 noyabr kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

 

"Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", — deyiladi xabarda. 

 

Yelisey saroyi Qozog‘iston va O‘zbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad «iqtisodiy sohada, xususan energetika sohasida, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilish» ekanini taʼkidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Makron O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida mamlakatga kelishi haqida maʼlum qilgandi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

custom img

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og'ir judolikka uchradi

Odilxon qori dafn marosimida ishtirok etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"