O'zbekiston

Sakkiz oyda 414 nafar fuqaroda zaharlanish holati qayd etilgan

Jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.

Sakkiz oyda 414 nafar fuqaroda zaharlanish holati qayd etilgan

 

Bu haqda Sanitariya-gigiyena boshqarmasi ovqatlanish gigiyenasi bosh mutaxassisi maʼlum qilishicha, O‘zbekistonda 2023 yilning sakkiz oyi davomida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqaro jabrlangan, uch nafari vafot etgan. Jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.

 

Zaharlanish holatlarining 21 tasi (53,8 foiz) botulizm, 1 tasi MTT (2,5  foiz), 13 tasi (23 foiz) ovqat toksik infeksiyasi va 1 tasi (2,5 foiz) kimyoviy zaharlanishlarga to‘g‘ri keladi.

 

21 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida yuzaga kelgan botulizm kasalligining 3 tasi — Jizzax, 6 tasi — Samarqand va yana 6 tasi — Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda:

umumiy ovqatlanish obyektlari, nodavlat taʼlim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotgani;

 

oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq taʼminlanmagan va mavjudlari esa maʼnan eskirgan yoki nosoz holatda ekani;

 

taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;

 

umumiy ovqatlanish obyektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi aniqlangan.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"