Jahon

Turkiyada golf tarixi va mazkur sport ishqibozlari uchun kerakli manzillar

Turkiyaning golf sarguzashtlari XIX asrda boshlangan

Turkiyada golf tarixi va mazkur sport ishqibozlari uchun kerakli manzillar

 

Har bir insonning ko'ngliga mos takliflar taqdim etoladigan noyob yo'nalishlardan biri bo'lgan Turkiya sayohatchilarga go'zal tabiat, hayratlanarli sohillar, qadim shaharlarning ochiq osmon ostidagi muzeylari, keng doiradagi mahalliy taomlar va turli tadbirlarni taklif etadi. Bundan tashqari, dunyoga mashhur golf maydoni arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan yumshoq iqlimi va yashilliklari bilan Turkiya, golf sporti uchun dunyodagi eng ko'p tanlangan yo'nalishlardan biridir. Xususan, Turk Rivierasining yuragi sanalgan Antaliyaning Belek viloyati, Antaliyani golf bilan “ma'nodosh” qilib qo‘ygan mashhur mehmonxonalar va dam olish maskanlariga ega.

 

Turkiyaning golf sarguzashtlari XIX asrda boshlangan

 

Turkiyada golf tarixi tahminlardan ancha uzoqqa borib taqaladi. 1895-yilda asos solingan Istanbul golf klubi, Turkiyaning Antaliya, Mug'la, Izmir, Anqara, Samsun va Aydin kabi mashhur shaharlarida ham golf klublarining tashkil etilishiga turtki bo'lgan. Biroq, yoqimli iqlimi va so'lim tabiati bilan Antaliyaning Belek mintaqasi bu sohada boshqalaridan ajralib turdi va o'ziga xos mehmonxona xizmatlarini taklif etdi. Antaliyaning bugungi kunda muhim sport turizmi yo'nalishiga aylanishiga sezilarli hissa qo'shgan Belekdagi golf mehmonxonalari havaskor va professional golfchilar uchun uchrashuv nuqtasi vazifasini bajaradi. Ushbu muassasalar, Xalqaro Golf Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (IAGTO) tomonidan 2008 yilda Belekni "Yevropadagi yilning eng yaxshi golf yo'nalishi" mukofotiga sazovor bo'lishining muhim omillaridan biridir. Shuningdek, mintaqada sport ixlosmandlariga yilning 300 kuni quyoshli o'tishi va o'rtacha harorat kamdan-kam hollarda 21 darajadan pastga tushishi hududda istalgan mavsumda golf o'ynash imkoniyatini taqdim etadi. Yevropadagi golf maydonlaridan farqli o'laroq, Belek qish oylarida ham golf bilan shug'ullanishga chorlaydi.

 

 

Belekda golfning boshqa muhim hihatlari

Mintaqadagi maxsus turar joy binolari, atrof-muhit bilan uyg'un tarzda loyihalashtirilgan o'zining golf maydonlariga ega. Turk Rivierasining zumrad tabiati qo'ynida joylashgan 11 ta golf klubi va 17 ta 18 chuqurchali musobaqa maydonlari mintaqadagi golf ixlosmandlariga xizmat qilib kelmoqda. Antaliyaning golf markazi Belekda yil davomida golf o'ynash, maydonlarga 24 soat kirish imkoniyati mintaqani yanada diqqatga sazovor markazga aylantiradi. Golf o'ynash sifatini oshirish va ta'minlash uchun ba'zi klublarda tungi noyob yoritish tizimlari mavjud. Bu Belekning yam-yashil maydonlarida o'ynashni yanada osonlashtiradi. Har yili Yevropa, Osiyo va Amerikadan minglab sayyohlarga mezbonlik qilib kelayotgan Belek, Antaliya aeroportidan Belek mehmonxonalariga yaqinligi kabi o'ziga xos afzalliklari bilan mehmonlarini kutib oladi. Belek aeroportdan taxminan 35 daqiqalik masofada joylashgan.

 

 

Belek o'z mehmonlariga golfdan tashqari bir qancha ta'til tajribalarini taklif etadi. Mintaqa o'zining tabiiy diqqatga sazovor joylari, boy madaniy merosi, mashhur turk mehmondo'stligi va tengsiz oshxona an'analari bilan sayyohlarning sevimli manziliga aylangan. Bundan tashqari, yilning 300 kuni quyoshli ekani bilan Antaliyada deyarli cheksiz yoz mavjud. Taqvimingiz kuzni ko'rsatsa ham, Antaliyaning iliq ob-havosi, “Moviy bayroq”li sohillari, hashamatli turar joy binolari, go'zal tabiati va betakror turk taomlari bu maftunkor yoz shahrini abadiy dam olish maskaniga aylantiradi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"