O'zbekiston

G‘arb urushdan charchadimi?

Kreml G‘arb yordam ko‘rsatishdan charchaganini taʼkidlamoqda.

G‘arb urushdan charchadimi?

 

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganiga 1,5 yil bo‘ldi. Bu vaqt davomida G‘arb Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Kreml G‘arb yordam ko‘rsataverishdan charchaganini taʼkidlamoqda.

 

Oktyabr oyida Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti ukrainaliklar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, shu savolni berdi.

 

Tadqiqot natijasida shu aniqlandiki, Kiyev ittifoqchilari yordamidan ayrilib, Moskva bilan muzokara boshlashi kerak, deb hisoblovchilar soni 30 foizga yetgan. O‘tgan yil sentyabr va dekabr oylarida o‘tkazilgan so‘rovnomada bunday hisoblovchilar soni 15 foizni tashkil qilar edi.

 

So‘ralganlarning 65 foizi G‘arb qo‘llab-quvvatlovi saqlanib qolishiga umid qilishini aytdi.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham yaqinda G‘arbning yordam ko‘rsatib charchagani haqidagi tezisini yana bir takrorladi.

 

Dmitriy Peskov, RF prezidenti matbuot kotibi:

 

- Biz oldin ham bir necha marta takrorlaganimizdek, prognozlarimizga ko‘ra, mojarodan charchash, Kiyevga homiylik qilaverish kabi bu tushunarsiz holatdan charchash turli mamlakatlar, jumladan, AQSHda ham o‘sib boraveradi.

 

Ammo ukrainaliklarning katta qismi, yaʼni 60 foizi G‘arb qo‘llab-quvvatlovi avvalgiday kuchli ekaniga ishonadi. Ekspertlar ham bu yordam yaqin oylarda kamaymasligini aytmoqda.

 

Judi Dempsi, Yevropaning Karnegi markazi xodimi:

 

- Prezident Baydenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga 7 oy vaqti bor, u bu haqda o‘zi ham aytdi. Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga jiddiy qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda. Bu borada o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

 

Dempsining so‘zlariga ko‘ra, Bryussel tomonidan Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam 2022 yil fevralidan beri o‘zgarmagan. YEI bundan keyin ham Kiyevga moliyaviy, siyosiy va harbiy yordam berishda davom etmoqchi.

 

"Urush davom etayotgandek hissiyot aʼzo davlatlarda albatta bor. Ammo bu charchoq yevropaliklarning "bo‘ldi, endi kelisha qoling", deyishi uchun yetarli emas, deb hisoblayman", - deydi ekspert.

 

Amerikaning tashqi siyosatni o‘rganish instituti ilmiy xodimi Maksimilian Gessning fikricha, Ukraina mag‘lubiyati kelajakda Yevropa xavfsizlik tizimiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. U bu haqda o‘zining "Economic War. Ukraine and the Global Conflict between Russia and the West" kitobida yozgan.

 

Maksimilian Gess:

 

- Bu mojaroda nafaqat Yevropa xavfsizlik tizimi va Rossiyaning yangi agressiyasi ehtimoli, balki ukrainaliklar isloh qilishga urinayogan iqtisodiy va siyosiy tizimlar ham o‘yinga tikilgan. Ular (ukrainaliklar) o‘zlarining yevropalik qo‘shnilari bilan birlashish huquqi uchun kurashmoqda.

 

Gessning fikricha, ukrainaliklar Yevropa va AQSH yordami yaqin oylarda kamayishi yoki butunlay to‘xtashi haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"