Haroratning ko‘tarilishi suv osti olamiga ham taʼsir qilmoqda
Dengiz marjonlari rangini yo‘qotib boryapti.

Hind okeanidagi chuqur dengiz marjonlari suv haroratining ko‘tarilishi tufayli rangini yo‘qotmoqda.
Plimut universiteti olimlari 90 metrdan ortiq chuqurlikda joylashgan marjon poliplari koloniyalari yorqin ranglarini yo‘qota boshlaganini aniqladi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu hodisa ilgari okean isishiga chidamli deb hisoblangan chuqurlikdagi dengiz tubining maʼlum qismlaridagi riflarning 80 foizigacha taʼsir ko‘rsatdi. Olimlar Hind okeanining marjon riflari yashaydigan markaziy qismini 10 yildan ortiq vaqtdan beri o‘rganmoqda.





