Jahon

Xitoy AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori

Xitoy TIV rahbari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar chuqurlashtirilishi kerakligini aytdi.

Xitoy AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori

 

Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘z munosabatlarini tezda barqaror yo‘lga qaytarish uchun harakat qilishlari kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvi oldidan maʼlum qildi.

 

“Xitoy va AQSH o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud, biroq ayni paytda biz umumiy manfaatlarga egamiz hamda umumiy muammolarga duch kelamiz, shuning uchun biz muloqotga muhtojmiz”, dedi Van I.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Amerika muloqoti nafaqat jonlantirilishi, balki chuqurlashishi va kengaytirilishi kerak. Bunday saʼy-harakatlar Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishga va ularni "sog‘lom rivojlanish yo‘liga" qaytarishga yordam beradi.

 

Van I 26-28 oktyabr kunlari AQSHda bo‘lib, Davlat kotibi Entoni Blinken va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan bilan muzokaralar olib bormoqda, bu esa kelasi oy ikki yetakchi o‘rtasidagi uchrashuvga yo‘l ochishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"