Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, vazir Ilhom Mahkamov Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashgan.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport-logistika sohasidagi aloqalarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etilgan.
Xususan, tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yo‘nalishlarda parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashgan. I.Mahkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha bildirgan taklifini qo‘llab-quvvatlagan.







