AQSH prezidentligiga nomzodlar bittaga kamaydi
Mayk Pens saylovda ishtirok etmasligini bildirdi.

Respublikachilar partiyasi vakili, AQSHning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etmasligini eʼlon qildi.
“Biz har doim bu qiyin jang bo‘lishini bilardik, lekin bundan afsuslanmayman”, dedi Pens.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Pens 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini rasman eʼlon qilgan edi. Iyun oyi oxirida esa Pens eʼlon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi.







