O'zbekiston

Uyda yopilgan “banka”lar sog‘liq uchun xavflimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Uyda yopilgan “banka”lar sog‘liq uchun xavflimi?

 

Botulizm — oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlar ichida eng og‘ir kechadigan xastaliklardan biri. Ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan qo‘lbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish tufayli aholi orasida undan zararlanish ko‘p uchraydi.

 

Xo‘sh, ushbu kasallik nimasi bilan xavfli? Uning oldini olish uchun qanday qoidalarga amal qilish lozim?

 

Mutaxassisning maʼlumot berishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ro‘yxatga olinayotgan botulizm kasalligi uy sharoitida, sanitariya qoida va meʼyorlariga rioya qilinmasdan tayyorlangan sabzavotli, asosan, bodring, pomidor, baqlajon va qo‘ziqorin konservalarini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqmoqda.

 

Bunga sabab uy sharoitida yetarli bosimda termik ishlov berish imkoniyati mavjud emasligidir. Natijada esa botulizm qo‘zg‘atuvchi sporalar saqlanib qoladi va ular anaerob, yaʼni kislorodsiz muhitda rivojlanib, o‘ta kuchli — botulinotoksin zahrini hosil qiladi.

Botulizm qo‘zg‘atuvchilari tashqi muhitga o‘ta chidamli bo‘lib, 100°S darajada 6 soat, 120°S da esa 10 daqiqagacha tirik bo‘ladi.

 

O‘zida bunday zararli moddani saqlovchi konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida turli salbiy oqibatlar, hatto, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmaganda o‘limga olib keluvchi eng og‘ir turdagi zaharlanish — botulizm kasalligi kelib chiqadi.

 

Xastalikning yashirin davri 2-4 soatdan 14 kungacha davom etishi mumkin. Botulizm mikrobining toksini asosan markaziy asab tizimiga taʼsir etadi va organizmda turli o‘zgarishlarga olib keladi.

 

Bu holatda ko‘pincha nafas olish qiyinlashishi, og‘iz-tomoqning qurishi, jismlar ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), ko‘z qovoqlari osilib qolishi (ptoz), yutinish qiyinlashishi hamda umumiy holsizlanish, ko‘ngil aynishi va qusish (ko‘pincha takrorlanadi), qorin sohasidagi og‘riq kabi belgilar namoyon bo‘ladi.

 

Bemorning so‘zlari tushunarsiz bo‘lib qoladi, bo‘yin va oyoq mushaklarining zaiflashishi natijasida yurishga qiynaladi.

 

Agar bu holatda xasta insonga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa va zarur davo muolajalari o‘tkazilmasa, uning nafaqat sog‘lig‘i, balki hayoti ham xavf ostida qolishi mumkin.

 

Shu sababli botulizmning oldini olishda quyidagilarga amal qilish lozim:

 

—uy sharoitida konservalarni tayyorlamaslik;

 

—bozor va aholi gavjum joylarda fuqarolar tomonidan sotilayotgan, nomaʼlum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konservalarni xarid qilmaslik;

 

—banka qopqog‘i ko‘tarilgan (bombaj), shuningdek rangida o‘zgarish bo‘lgan konservalarni isteʼmol qilmaslik;

 

—oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga eʼtibor berish, savdo do‘konlaridan konservalarni xarid qilishda uning muddati, idishlarning butunligi, qopqoqlari shishmaganligi va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlariga eʼtibor berish;

 

—taom tayyorlashda tozalikka va shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etish.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"