Jahon

Ukrainaning tinchilik formulasi jahonda qiziqish uyg‘otmoqda

Maltada o‘tgan yig‘ilish tafsilotlari.

Ukrainaning tinchilik formulasi jahonda qiziqish uyg‘otmoqda

 

28-29 oktyabr kunlari Maltada Ukraina tinchlik formulasi bo‘yicha uchinchi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yetakchilarning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilari darajasida o‘tkazilgan.

 

Tadbirda 66 davlat ishtirok etdi. Xususan, ishtirokchilar orasida Rossiya ham o‘rin olgan BRIKS blokiga aʼzo Janubiy Afrika, Braziliya va Hindiston vakillari bor. Bundan tashqari, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya, shuningdek, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroda o‘zini vositachi sifatida taklif qilgan Turkiya ham ishtirok etgan.

 

Ukraina rezidenti devoni rahbari Andrey Yermak o‘zining Telegramʼdagi sahifasida Malta va Ukraina hamraislarining mamlakat va butun dunyoda tinchlik o‘rnatishning asosiy tamoyillariga bag‘ishlangan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotini eʼlon qildi.

 

Yermakning taʼkidlashicha, maslahatlashuvlar 66 davlat va xalqaro tashkilotlarning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari va tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilarining shaxsan va onlayn ishtirokini o‘z ichiga olgan. Ular Ukraina va hamkor davlatlar vakillari o‘rtasida, xususan, 2023 yil 24 iyun kuni Kopengagenda va 2023 yil 5 avgustda Jiddada bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarning davomi bo‘ldi.

 

“Ochiq va konstruktiv uchrashuv chog‘ida ishtirokchilar Ukraina uchun keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishish va unga asoslanishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillarni to‘liq muhokama qildilar”, - deya taʼkidlaydi Yermak.

 

Ukraina uchun bunday tinchlikka erishish xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi.

 

Tinchlik BMT Nizomi, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq tamoyillariga asoslanishi kerak.

 

2023 yil avgust oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Kiyev Ukrainada akkreditatsiyadan o‘tgan elchilar va taklif etilgan ekspertlar ishtirokida ishchi guruhlarini tuzgan edi.

 

Maltadagi uchrashuvda tomonlar keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishladilar:

 

—Yadro va radiatsiya xavfsizligi;

—Oziq-ovqat xavfsizligi;

—Energiya xavfsizligi;

—Barcha mahbuslarni va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish;

—Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash.

 

“Davlat va hukumat rahbarlari darajasida Global Tinchlik Sammitini o‘tkazish tashabbusi muhokama qilindi va tomonlar ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur choralarni ko‘rishni rejalashtirmoqda”, - deydi Yermak.

 

Maltadagi sammitdan keyin Ukraina nimaga erishadi?

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining anʼanaviy murojaatida taʼkidlaganidek, Maltada bo‘lib o‘tgan sammitda oltmish olti davlat vakillari ishtirok etgani yaxshi natijadir.

 

"Bizning dunyo haqidagi umumiy qarashimizni qo‘llab-quvvatlagan barcha rahbarlar va mamlakatlarga rahmat. Va davlatlar vakolatini kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjud.

 

Shunday qilib, dunyoda xalqaro huquqni chinakam qadrlaydigan har bir kishi o‘zini va o‘z qadriyatlarini ifoda etishi hamda tajovuzga qarshi global saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin”, — dedi Vladimir Zelenskiy.

 

Shuningdek, u Kopengagendagi birinchi uchrashuvdan beri Ukraina tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlash masalasida evolyutsiya bo‘lganini taʼkidladi.

 

Hozirda forumdagi ishtirokchi davlatlar soni 66 ga yetdi. Bu, albatta, Ukraina tinchlik formulasini ilgari surish bo‘yicha mamlakat strategiyasining muvaffaqiyatidir.

custom img

UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Tekshiruv Infantino UEFA bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda sobiq xodimaga to‘langan olti xonali kompensatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

custom img

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

custom img

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy aks etgan video e’lon qilindi

Lavha qachon va qayerda suratga olingani ma’lum qilinmagan.

custom img

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

custom img

BAA Eronni ADNOC tankeriga Hormuz bo‘g‘ozida raketa bilan zarba berishda aybladi

Hujum ortidan Fors ko‘rfazi davlatlari Eronni qoralab, bo‘g‘ozni xalqaro kemalar qatnovi uchun ochiq saqlashga chaqirdi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda

Tehron va Oman bo‘g‘oz orqali vaqtinchalik kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"