Eng dolzarb

Samarqandda ilk bor BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasi bo'lib o'tadi

Tadbir 13-17-noyabr kunlari o'tkaziladi.

Samarqandda ilk bor BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasi bo'lib o'tadi

 

Joriy yilning 13-17 noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li" kongress-xollda BMT Konvensiyasi (CRIC 21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu xaqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi

 

Tadbir doirasida Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy O‘rtayer dengizi, Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchi davlatlar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.

 

CRIC 21 davomida tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) 2018-2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiya asoslarini ko‘rib chiqadilar.

 

Shuningdek, konferensiyada yerning degradatsiyasiga betaraflik maqsadlarini belgilash borasida ixtiyoriy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq tadbirlar haqida ma’lumot beriladi.

 

Bundan tashqari, qurg‘oqchilikni samarali boshqarish siyosati va uni amalga oshirish bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhi CRIC 21 doirasida o‘z taraqqiyot hisobotini taqdim etadi.

 

Yuqori darajadagi tadbir O`zbekiston hukumati tomonidan CRIC 21 homiyligida tashkil etilmoqda.



Cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha konvensiyasiga bag`ishlangan keng ko`lamli tadbirga sanoqli kunlar qoldi. Xo`sh, CRIC 21 nima degani? Ushbu voqelikning dunyo hamjamiyati uchun ahamiyatini qanday?


UNCCD cho`llanish, erlarning degradasiyasiga qarshi kurashish va qurg`oqchilik oqibatlarini yumshatish uchun xalqaro darajadagi davlat hamda xususiy sektorning sa`y-harakatlarini birlashtirish uchun yaratilgan.



Konvensiyada Yevropa Ittifoqi hamda 196 ta davlat ishtirokchi hisoblanadi. Konvensiya insoniyatni oziq-ovqat, suv, boshpana va iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta`minlash uchun er degradasiyasi oqibatlarini yumshatish va erni himoya qilish bo`yicha ko`p tomonlama majburiyatni o`z ichiga oladi.



Konvensiya 1994 yil 17 iyunda Parijda Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo`yicha konferensiyasida qabul qilingan va 1996 yil 26 dekabrda kuchga kirgan. 2012 yilda Konvensiya 195 davlat tomonidan ratifikasiya qilingan.



O`zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo`lib 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho`llanishga qarshi kurashish to`g`risidagi konvensiyasini ratifikasiya qildi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"