Faqat o‘zbeklar ko‘p go‘sht yemayapti
Sigaret qutilaridagi qo‘rqinchli rasmlar va ogohlantirish so‘zlari chekishni kamaytirdi. Xuddi shu usul go‘sht isteʼmoli kamayishiga sabab bo‘ladimi?

Ekspertlar sigaret qutilariga ogohlantirish so‘zlari yozish va kasal ichki organlar rasmini chop etish insonlarning chekish va nikotinning zararligi haqidagi qarashlarini qatʼiylashtirganini aytmoqda. Endi ular xuddi shu uslubdan go‘sht isteʼmolini kamaytirishda foydalanmoqchi. Yevroparlament va YEIga aʼzo davlatlar hukumatlari go‘sht mahsulotlari isteʼmolini cheklashni yoqlab chiqmoqda.
Qator tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bu saratonning ayrim turlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, go‘sht sanoati iqlimga salbiy taʼsirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Birinchi navbatda bu issiqxona gazlari ko‘rinishida aks etadi.
Buyuk Britaniyaning Darem universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari sigaret qutilaridagi ogohlantiruvchi yozuvlar chekish miqdorini kamaytirganini ko‘rsatadi. Ular ogohlantiruvchi yozuvlar go‘sht isteʼmolini ham kamaytirishiga umid qilmoqda.
Sinov bosqichlari va xulosalari Appetite jurnalida chop etildi.
Shunday qilib, tadqiqot davomida olimlar turli go‘sht mahsulotlari qadoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Ular atrof-muhit, inson salomatligiga salbiy taʼsirlar, pandemiya boshlanishi mumkinligi haqidagi ogohlantiruvchi grafik tasvirlar va yozuvlarni qamrab oldi.
1001 kishidan iborat qatnashchilar 4 guruhga bo‘lindi. Ularga oshxonada sotib olish mumkin bo‘lgan issiq taomlar ko‘rsatilgan. Bularga go‘shtli pasta, baliqli pasta, sabzavotli va vegetarian pastasi kiritilgan. Ayrim mahsulotlar qadog‘ida salomatlik, ekologiyaga taʼsir va pandemiyalar haqida ogohlantirish tasvirlangan. Qolgan taomlarga bunday yozuvlar qo‘yilmadi.
Shundan so‘ng eksperiment qatnashchilaridan bir necha savolga javob berish so‘raldi. Ular yozuvlar qanchalik darajada vahima chaqirishi, tasvirlar qanchalik haqiqatga yaqinligi va taom tanloviga qanday taʼsir o‘tkazganini aytib berishdi.
Xulosaga ko‘ra, bunday yorliqlar mazkur taomni tanlash ixtiyorini pasaytirgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yuqoridagi singari yorliqlar tufayli go‘sht isteʼmolchilari 7-10 foizga kamaygan. Qatnashchilarga eng ko‘p iqlim o‘zgarishi haqidagi ogohlantirishlar taʼsir qilgan.
YouGov o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Britaniya aholisining 72 foizi o‘zini go‘shtxo‘rlardan ekanini aytgan. Milliy oziq-ovqat strategiyasi doirasida bu ko‘rsatkichni 2030 yilgacha 30 foizga pasaytirish maqsad qilingan.







