AYQSHlarda 6 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi
Bu bo‘yicha hududlarda nazorat tadbiri o‘tkazilmoqda.

Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida 6 mln 105 ming litr sifatsiz benzin neft mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha sifat nazorati olib borilgan.
Qayd etilishicha, 91 holatda ayrim AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olingan.







