Filippinda radioboshlovchi jonli efir vaqtida otib o'ldirildi
Hujumchi uni jonli efirga chiqishga majbur qilgan.

Filippinda Jonni Uoker nomi bilan tanilgan radioboshlovchi Xuan Jumalon jonli efir vaqtida o‘z uyida otib o‘ldirilgan. U uy studiyasidan translyatsiya qilar edi.
Hujumchi radio boshlovchisining uyiga kirib, jurnalistni efirga chiqishga majbur qilgan. Boshlovchi "muhim narsani e'lon qilishni" xohlagan. Shundan so‘ng qotil Jumalonni otib, uyidan chiqib ketdi.
Di-jeyning rafiqasi uni kasalxonaga olib borgan, ammo kech bo‘lgan — erkak vafot etgan edi.
Filippin huquq-tartibot idoralari tergov boshlanganini e'lon qildi. Jinoyatchi mototsiklda voqea joyidan qochib ketgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, politsiya radio boshlovchisiga tahdidlar haqida hech qanday ma'lumotga ega emas.
Filippin Prezidenti Bongbong Markos DJning o'ldirilishini qoralagan. U Davlat rahbari lavozimiga kirishganidan beri mamlakatda to‘rt nafar jurnalist o‘ldirilgan.







