O'zbekiston

Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada takomillashtiriladi

Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada takomillashtiriladi

 

“Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan davlat sport ta’lim muassasalariga hamda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari taqdiqlandi:

 

Reglamentga ko‘ra, davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:

 

Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham);

 

Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1 avgustdan 21 avgustgacha (shu kuni ham).

 

So‘rovnoma to‘ldirilib, 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

 

Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha sport ta’lim muassasasida tanlagan sport turi bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport ta’lim muassasasi biriktiriladi.

 

Ariza beruvchi murojaati bo‘yicha yuborilgan sport ta’lim muassasasiga onlayn navbat bo‘yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

 

Shunga ko‘ra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko‘rsatgan holda uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

 

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

 

Mazkur davlat xizmati 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatilishi belgilangan. 

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1 yanvargacha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o‘z rasmiy saytida e’lon qilinadi. 

 

Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"