2024-yilda Samarqand birinchi iqlim forumiga mezbonlik qiladi
IHT sammitida Shavkat Mirziyoyev ekologiya masalasiga alohida to‘xtaldi.

IHT sammitida Shavkat Mirziyoyev ekologiya masalasiga alohida to‘xtaldi.
"Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aloqalarni jadallashtirish. Hozirgi vaqtda bizning davlatlarimiz bu o‘tkir muammolarning og‘ir oqibatlariga duch kelmoqda. Muzliklarning erishi, suv resurslari taqchilligi, cho‘llanish, chang bo‘ronlari, tuproq yemirilishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi jarayonlar qattiq xavotir uyg‘otmoqda.
Tuzilmamiz doirasida Ekologiya masalalari bo‘yicha yuqori darajali platforma yaratish bo‘yicha g‘oyamizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur izhor etaman. Uning birinchi anjumanini 2024 yili Samarqand iqlim forumi doirasida tashkil etishga tayyormiz.
Shuningdek, kelgusi haftada yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida vakillaringizni faol ishtirok etishga chorlaymiz. Hozirgi vaqtda tobora jiddiy muammoga aylanib borayotgan qum-chang bo‘ronlariga qarshi kurashish maqsadida Samarqand deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz", — deya qayd etdi Davlat rahbari.







