O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
Futbolchilarimiz Indoneziyada o‘tayotgan mundialning ilk o‘yinida Mali jamoasiga qarshi to‘p suradi.

Bugun, 10 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziya mezbonlik qiladigan jahon chempionatida o‘z yurishini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Yigitlar dastlabki turni Mali jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.







