O'zbekiston

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

Prezidentlar “Ko‘ksaroy” qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazishdi.

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, Italiya Prezidentining ushbu tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim voqea ekanini ta’kidladi.

 

Serjo Mattarella O‘zbekiston yetakchisiga taklif hamda Italiya delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi.

 

Italiya Prezidenti Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi hamda mamlakatimizning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash va integratsiyalashuvni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

 

Ikki tomonlama strategik sheriklikni va ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil iyun oyida Italiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbarlari parlamentlar va tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish muhim ekanini aytdilar. Kelgusi yilda tashqi siyosiy idoralar rahbarlari darajasidagi Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. “Markaziy Osiyo - Italiya” muloqoti doirasida ham faol aloqalar davom ettiriladi.

 

Iqtisodiy hamkorlik sohasida o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo‘shma loyihalar portfeli 9 milliard yevroni tashkil etdi. Savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Savdoga ko‘maklashish kompleks dasturini ishlab chiqish taklif qilindi. Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan metallurgiya, energetika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muvaffaqiyatli kooperatsiya qilinayotgani qayd etildi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish loyihalarida Italiyaning ilg‘or va yuqori texnologik kompaniyalarini jalb qilishdan manfaatdor ekani bildirildi.

 

Tomonlar Toshkent shahrida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Konfindustriya O‘zbekiston” sanoatchilar uyushmasi ochilganini olqishladilar. Hukumatlararo guruh doirasida mahalliylashtirishning yangi yo‘nalishlari va loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib olindi. Italiya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga tez fursatda kirishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimning qabul qilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

 

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Italiya hududlari forumini ta’sis etish va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda o‘tkazish taklif qilindi. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filialining faoliyati bu boradagi muvaffaqiyatli sheriklikka misol ekani qayd etildi. Ushbu yetakchi oliy ta’lim dargohi negizida Italiyaning ilg‘or texnologiyalari transferi markazi tashkil etiladi.

 

O‘zbekistonda italyan tilini o‘rganishga qiziqish o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Maktablarimizda italyan tili o‘qituvchilarini tayyorlash va maktablarimizda uni o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy qilish muhimligi haqida yakdil fikr bildirildi. Shuningdek, Italiyada qo‘shma tasviriy san’at ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi. Xalqlarimiz bir-birining boy va betakror madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishi uchun mamlakatlarimizda O‘zbekiston va Italiya madaniyat, kino va turizm kunlari o‘tkaziladi. Samarqand arxeologiya instituti hamda Bolonya va Neapol universitetlarining qo‘shma guruhi tomonidan olib borilayotgan arxeologiya izlanishlari yuksak baholandi.

 

Davlat rahbarlari akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda qo‘shma Ta’lim forumini o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidladilar. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xavfsizlikka umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"