Akula bilan kurashda ayol g‘alaba qozondi
U yirtqichning og‘zidan qutilishni uddalagan.

Avstraliyada akula 32 yoshli ayolning boshidan tishlab oldi, biroq u qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Hodisa Janubiy Avstraliyadagi Port Noarlunga yaqinida yuz berdi. Sohil yaqinida cho‘milayotgan ayolga yirtqich hujum qilib, boshidan tishlagan. Ayol akula og‘zidan qutilib chiqishni uddaladi. U og‘ir tan jarohati olgan, biroq uning hayoti xavf ostida emas.
Avstraliya huquq-tartibot idoralari sohildan dam oluvchilarni evakuatsiya qilgandan keyin akulani topa olmaganliklari haqida xabar tarqatdi.







