Jahon

G‘azo urushining ikkinchi oyi: gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Bunga Arab davlatlari nima deydi ?

G‘azo urushining ikkinchi oyi: gumanitar inqiroz kuchaymoqda

 

Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoriga zarba berishda davom etmoqda. Mintaqa elektr taʼminotidan butunlay uzilib qolgan, unga suv va dori-darmon yetkazib berish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan.

 

Janglar davomida Isroil G‘azoga gumanitar yordamning atigi 4 foiziga ruxsat berdi.

 

7 oktyabrdan buyon chegaradan 600 dan ortiq yuk mashinasi o‘tdi, bu esa sektorning oziq-ovqat va dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojidan 30 baravar kam.

 

G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasi yana o‘t ichida. Falastin manbalari 13 kishi halok bo‘lgani va o‘nlab odamlar yaralanganini xabar qilmoqda. Tashqarida va ichkarida qochqinlar, ko‘plab bolalar bor. Bo‘limlar gavjum, shifokorlarning taʼkidlashicha, dori-darmon yetishmayapti.

 

Klinikaga roppa-rosa bir hafta oldin hujum qilingan. Shuningdek, darvozadan chiqib ketayotgan tez yordam mashinalari karvoni to‘sib qo‘yildi. Isroil oxirgi fojiaga aloqadorligini rad etadi. Unga ko‘ra, bu HAMASning muvaffaqiyatsiz raketa uchirishi oqibatidir. HAMASga ko‘ra, hafta boshida Isroil G‘azoga 35 ming tonna portlovchi moddani tashlagan.

 

“G‘azoda o‘rtacha har 10 daqiqada bir bola halok bo‘ladi. Bir yarim million odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi”, — dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori.

 

Isroil quruqlikdagi amaliyotini davom ettirmoqda. HAMAS vakillari esa Eron axborot agentliklari orqali shunday deydi: baʼzi hududlarda falastinliklar kuchli mudofaa chizig‘ini yaratishga va dushmanning yurishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgan.

 

Livandagi Hizbulloh harakati jangarilari Isroil nishonlariga hujum qilmoqda. Bunga javoban Isroil Livan hududiga hujum qiladi.

 

Yaman hutiylari ham vaziyatga jiddiy qaramoqda. Ular Isroil tomon ballistik raketalarni uchirish harakatida, garchi ular ikki ming kilometr masofada joylashgan bo‘lsa ham.

 

Boshqa arab davlatlari haqida nima deyish mumkin? O‘tgan hafta Jazoir parlamenti prezidentga istasa Isroil bilan urush boshlash huquqini berdi. Bahrayn esa iqtisodiy aloqalarini uzib, elchisini chaqirib oldi. Shanba kuni Qatar amiri BMTdan G‘azodagi shifoxonalarning o‘qqa tutilishini tekshirishni talab qildi. Boshqalar shunchaki Falastinni qo‘llab-quvvatlashlarini eʼlon qilishgan.

 

HAMAS arab davlatlarini o‘z neft mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga, ayniqsa G‘arbga yetkazib berishga embargo joriy etishga chaqiradi. Ammo hozirgacha hech qaysi davlat bunga rozilik bildirganicha yo‘q.

 

Aksariyat arab mamlakatlarida Amerika harbiy bazalari mavjud. Misr va Tunisda bittadan, Quvayt va Saudiya Arabistonida 10 tadan, Bahraynda esa o‘nta bor.

 

Aynan mana shu bazalarga bugun HAMASni qo‘llab-quvvatlaganini eʼlon qilgan turli guruhlar hujum qilmoqda. Oxirgi uch hafta ichida 40 dan ortiq hujumlar sodir etilgan.

 

Ekspertlarning aytishicha, AQSH Davlat kotibi Blinkenning Anqaraga tashrifi eng aniq epizod bo‘lgan. Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanni quchoqlamoqchi bo‘ldi, biroq u chetga chiqdi. Turkiya garchi arab davlati bo‘lmasada, haqiqiy moddiy qurbonliklarga tayyor, deydi mutaxassislar. Anqara Isroil bilan energetika sohasidagi hamkorlikni to‘xtatdi. Zarar besh milliard dollarga baholanmoqda.

 

Qo‘shma gaz quvurini qurish va Turkiya orqali Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha tomonlar kelishib oldilar va normallashuv amalga oshishi bilanoq ular elchilar almashishdi, Erdo‘g‘an Isroilga ketishi kerak edi, biroq u safarini bekor qilgan.

 

Lekin hatto Turkiya ham o‘z hududida Falastindan kelgan qochqinlarni qabul qilishga tayyor emas. Aynan mana shu masalada arab yetakchilari umumiy siyosatga ega.

 

Misrda ish o‘rinlarining yo‘qligi, inflyatsiya va katta ijtimoiy beqarorlik mavjud. Mana shu masalani hal qilish barcha hukumatlar uchun eng katta muammodir.

 

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

custom img

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"