O‘zbekiston terma jamoasi Kanadani mag‘lub etdi
O‘yin 3:00 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi.

Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Futbolchilar 3:0 hisobida Kanada ustidan g‘alaba qozondi. Dastlabki gol raqib o‘yinchisi Richard Chukvu hisobiga yozilgan bo‘lsa, qolgan 2 ta golni Amirbek Saidov kiritdi.
3-tur doirasida 16 noyabr kuni O‘zbekiston Ispaniya bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa play-off bosqichiga chiqadi.







