Sport

Evander Xolifilddan Otabek Umarovgacha: boks afsonalari Toshkentda jam bo‘ldi — fotojamlanma

Poytaxtimiz Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-konvensiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Evander Xolifilddan Otabek Umarovgacha: boks afsonalari Toshkentda jam bo‘ldi — fotojamlanma

 

Bugun kurayi zaminimizning yuzdan ziyod davlati vakillari, dunyoga mashhur bokschilar, taniqli promouterlar, bir so‘z bilan aytganda jahon professional boks ommasi qatnashayotgan Konvensiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Achilboy Ramatov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mamlakat professional boks federatsiyasi vasiylik kengashi raisi Qudratilla Rafiqov, federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari G‘ofur Rahimov, WBC prezidenti Maurisio Suleyman va boshqa rasmiylar ishtirok etdi. Achilbay Ramatov tadbir avvalida so‘z olib, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sog‘lom turmush tarzi, xususan, sportga qaratilayotgan ulkan eʼtibor xususida to‘xtaldi. Bokschilarimizning xalqaro maydonda qayd etayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etdi va tadbirni rasman ochiq deb eʼlon qildi. O‘z o‘rnida, Maurisio Suleyman mamlakatimiz ushbu yirik sport tadbiriga yuqori saviyada hozirlik ko‘rgani, professional bokschilarimizning jahon ringlarida aytishga arzigulik g‘alabalarga erishayotgani haqida gapirdi.

 

Ochilish marosimida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. Shuningdek, WBC tarixiga oid hujjatli film ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ldi. G‘ofur Rahimov WBC oliy ijroiya qo‘mitasi aʼzoligiga qabul qilindi.

 

Tadbirda WBC prezidenti A.Ramatov va G‘.Rahimovga uzoq yillik hamkorlik hamda mazkur konvensiyani yuqori saviyada tashkil etishdagi yordami uchun tashkilotning esdalik sovg‘alarini taqdim qildi. Shuningdek, o‘zbek boksi yulduzlariga ham maxsus medallar topshirildi.

 

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"