Eng dolzarb

“Antistrumin” voqeasi: Vazir bolalarga yod preparati yuqori dozada berilganini tan oldi

Avvalroq SSV o‘rinbosari Elmira Bositxonova buni inkor etgandi.

“Antistrumin” voqeasi: Vazir bolalarga yod preparati yuqori dozada berilganini tan oldi

 

Namanganda bolalarning zaharlanish holatiga ularga yod preparatining yuqori dozada berilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi axborotida maʼlum qildi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning holati va istiqboli to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Vazir o‘z axborotida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar qatorida “Dok-1 Maks” hamda Namangandagi bolalarning zaharlanish voqeasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

 

”Yaqinda bo‘lib o‘tgan „Antistrumin” voqeasini olaylik, vazirlik yuz foiz tan olyapti bu peredozirovka ekanligini. Bu holat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masʼul xodimlar hozir qonun oldida javob berishni boshlayapti va albatta javob beradi ham.

 

Bundan bu yog‘iga bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikni shaxsan men vazir sifatida zimmamga olaman. Tizimda kamchilik va muammolar juda ko‘p yig‘ilib qolgani uchun tizimli yondashuvni boshlaganmiz”, — deya taʼkidlagan Amrillo Inoyatov.

 

Maʼlumot uchun, shu yil 20-sentabrdan O‘zbekistonda “Yorqin millat” dasturi bo‘yicha bolalarni yod bilan taʼminlash ishlari boshlangandi. Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etilishi ko‘zda tutilgandi.

 

21-sentabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi bog‘chaning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana harorati ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgani xabar berildi. Dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. So‘ngra jami 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Keyinchalik Namanganda 450 nafar bola kasallangani maʼlum bo‘ldi. Buning ortidan maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli to‘xtatildi hamda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Namanganda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chust tumanida bolalarning ommaviy zaharlanishiga dori vositasi sabab bo‘lmaganini aytgandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"